AQSh Tinchlik instituti

Qisqartma USIP
Turi Xalqaro institut
Ishga tushgan sanasi 1984
Joylashuvi Washington, D.C., AQSh
Vebsayti https://www.usip.org/

Amerika Qoʻshma Shtatlari Tinchlik Instituti (The United States Institute of Peace (USIP) Amerikaning federal agentligi boʻlib, uning vazifasi butun dunyo boʻylab mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilish va oldini olishga va yordam berishga qaratilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlari Tinchlik Instituti diplomatiya, vositachilik va boshqa tinchlik oʻrnatish choralari boʻyicha odamlarga tadqiqot va tashviqot, tahliliy materiallar toʻplash bilan shugʻullanadi.

Tinchlik Instituti 1984-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Ronald Reygan tashabbusi bilan tashkil topgan. Tinchlik intituti mustaqil tashkilot hisoblanib, uning moliyalashtirish manbasi AQSh Kongressi hisobidan qoplanadi. Institut oʻn besh kishidan iborat ikki partiyali direktorlar kengashi tomonidan boshqariladi, uning tarkibiga mudofaa kotibi, davlat kotibi va prezident tomonidan tayinlanadigan va Senat tomonidan tasdiqlanadigan Milliy mudofaa universiteti prezidenti rahbarlik qiladi.

Institut shtab-kvartirasi Vashingtonning Bottom mahallasida, Milliy savdo markazining shimoli-gʻarbiy burchagida, Linkoln yodgorligi va Vyetnam faxriylari yodgorligi yonida joylashgan. Ayni paytda tashkilotda 300 ga yaqin kishi ishlaydi va tashkil etilganidan buyon 65 mingdan ortiq mutaxassislar yetishib chiqqan.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search